Bugun O‘zbekistonda 4 balli yer qimirlashi bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Farg‘ona vodiysida 23-yanvar tong soat 06:52 da yer qimirlashi qayd etildi. Seysmologlar xabariga ko‘ra uning markazi Qirg‘iziston hududida bo‘lgan.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Bugun erta tongda Farg‘ona vodiysida yer qimirlashi qayd etildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Xabariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida qayd etilgan yer silkinishlari kuchi 4 ballni tashkil qilgan, Andijonda — 3 ballni,  namanganda — 3 ballni, Toshkentda — 1 ballni.

AQSh yer qimirlashlarini qayd etish laboratoriyasi xabariga ko‘ra, yer qimirlash episentri, Quvasoy shahridan 43 kim masofada O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasiga juda yaqin joyda joylashgan.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer qimirlashi sezilarli bo‘lmagan. Jabrlanganlar yoki yetkizilgan zarar haqida ma’lumot olinmagan.

Yangiliklar lentasi
0