O‘zbekistonda birinchi marta muassasalar ochiqlik indeksi e’lon qilinadi

Obuna bo‘lish
2017 yilning mart oyida O‘zbekistonda birinchi bor davlat organlarining ochiqlik indeksi e’lon qilinadi. Indeksga belgilash 47 muassasa orasida o‘tkaziladi. Ushbu indeks qaysi muassasa yaxshi ishlayotganni ko‘rsatuvchi belgi bo‘ladi.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Ushbu  yilning mart oyida O‘zbekistonda birinchi bor davlat muassasalarining ochiqlik indeksi e’lon qilinadi, deb xabar qilmoqda Oliy Majlisning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev.

Deputat aytishiga qaraganda, bugungi kunda ijroiya hukumat organlari samaradorligini belgilaydigan choralar qo‘llash vaqti kelgan. Ayni damda deputatlar muassalalar davlat tashkilotlari ochiqlik indeksi ustida ishlamoqda.

"Maxsus monitoring guruhi 2017 1-yanvar holatigacha bo‘lgan ma’lumotlarni jamlamoqda. Bu ancha murakkab jarayon. Biz 1-martga qadar ushbu ko‘rsatkichni keng jamoatchilik uchun e’lon qilishga qaror qilganmiz. Bu O‘zbekiston tarixida davlat organlarining birinchi to‘laqonli ochiqlik indeksi bo‘ladi", — dedi Ilxom Abdullayev.

Ma’lumotlarda 47 ta davlat tashkilotlarining ochiqlik indeksi e’lon qilinadi. Ushbu ma’lumotlar asosida qaysi vazirlik yoki mahalliy boshqaruv organi yaxshiroq ishlayotganini bildiradi.

Ochiqlik indeksiga qo‘yilgan talablar "Davlat boshqaruv organlari ochiqligi to‘g‘risidagi" qonun normalariga qarab beligilanadi. Indeks turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha jamlangan ballar asosida belgilanadi. Masalan, muassasa rahbarining OAV vakillari oldida chiqishlari, muassasa internet sahifasiga qo‘yilgan talablarning to‘liq bajarilishi, fuqarolarning tadbirlarda ishtirok etishiga imkoniyat yaratilishi kabi ko‘rsatkichlar shular jumlasidan.

Yangiliklar lentasi
0