"Buyuk Ipak Yuli" metrosi yaqinidagi avtobus bekatlari yo‘lovchilarga qaytarildi

© Foto : Slava Ti"Buyuk ipak yuli" avtobus bekati
Buyuk ipak yuli avtobus bekati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir necha yil oldin buzib tashlangan, "Buyuk Ipak Yo‘li" metrosi yaqinidagi jamoat transporti bekati qayta tiklanmoqda.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Poytaxt hukumati shahar aholisiga jamoat transporti bekatini qaytarishga qaror qildi.

"Buyuk Ipak Yo‘li" metro bekatining sobiq "Svetlana" gastronomi tomoniga chiqish joyida, oldin buzib tashlangan jamoat transporti bekati aholiga qaytarildi.

Yangi avtobus bekati oldingiga qaraganda chorrahaga chal yaqinroq joylashgan bo‘ladi. Ayni damda ushbu joyda qurilish ishlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda "Darakchi" nashri.

2015 yilning yozida "Buyuk Ipak Yo‘li" metro bekatiga yaqin bo‘lgan,  Mirzi Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab joylashgan to‘rt avtobus bekati olib tashlangan edi.Buning oqibatida yo‘lovchilar metrodan ancha uzoq bo‘lgan "Kimyo instituti" yoki "Politologiya instituti" bekatlarida tushib piyoda kelishga majbur bo‘lishayotgan edi.

Ikki yil oldin olib tashlangan "Rassomlar" bekati 2016-yilning oktabrida qayta tiklangan edi.

Yangiliklar lentasi
0