Rossiya o‘zini o‘zi boqishga tayyor bo‘lishi kerak - Medvedev

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishBug‘doy mahsulotlarini yig‘ishtirib olish
Bug‘doy mahsulotlarini yig‘ishtirib olish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Medvedevning fikriga ko‘ra, Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar hali beri bekor qilinmaydi, shuning uchun ularning bekor qilinishini kutib o‘tirmasdan, aksincha, sanksiyalardan foydalanib qolish kerak.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiya qishloq xo‘jaligi vakillari ayni dammda qo‘llaniyalayotgan sanksiyalardan foydalanib qolishi kerak, nima bo‘lganda ham biz o‘zimizni o‘zimiz boqa olishimiz kerak, dedi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev, RIA Novosti xabariga asosan. 

Medvedevning fikriga ko‘ra, Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar hali beri bekor qilinmaydi, shuning uchun ularning bekor qilinishini kutib o‘tirmasdan, aksincha, sanksiyalardan foydalanib qolish kerak.

"Bizning dehqonlar esa, mavjud bo‘lgan ushbu vaziyatdan unumli foydalanib qolishlari kerak. Biz buning uchun ularga yordam beramiz. Nima bo‘lganda ham biz o‘zimizni o‘zimiz boqamiz", — dedi bosh vazir "Yedinaya Rossiya" partiyasi majlisida.

Medvedev aytishiga qaraganda, o‘tgan yil Rossiya misli ko‘rilmagan — 119 million tonna bug‘doy mahsulotlari hosili yig‘ib olgan. 2016-yilda qishloq xo‘jaligi o‘sishi 3% ni takshkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va G‘arb munosabatlari Qrim voqealaridan keyin yomonlashdi. 2014-yildan boshlab AQSh va Yevropa mamlakatlari Rossiyaga iqtisodiga nisbatan turli chelovlar — sanksiyalar qo‘llay boshladi. Bunga javoban Rossiya ham AQSh va Yevropa mamlakatlariga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari importini ta’qiqladi.

Yangiliklar lentasi
0