Namoyishlar demokratik jamiyat belgisi - Tramp

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitterida amerika shaharlarida unga qarshi bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlariga nisbatan o‘z fikrini bildirdi.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Donald Tramp amerika shaharlarida uning prezident bo‘lib saylanishiga qarshi bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlariga nisbatan o‘z fikrini bildirdi.

"Namoyishlarni ko‘rdim, lekin prezident saylovi yaqinda bo‘ldiku, nega bu odamlar saylovda o‘z fikrini bildirishmagan?", — deb yozdi Tramp o‘zining Twitterida.

Trampning fikriga ko‘ra, ushbu namoyishlarda Gollivud yulduzlari va taniqli musiqachilar ishtirok etishi "juda xunuk ish bo‘lgan".  

Shu bilan bir vaqtda, Tramp bunday namoyishlar "demokratik jamiyatning muhim nishoni ekanini tan oldi.

"Shaxsan menga bu yoqmasa-da, men odamlar o‘z fikrini bildirish huquqini tan olaman", — deb  yozdi AQSh prezidenti o‘zining Twitterida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan shanba kuni AQShning ko‘plab shaharlarida, Nyu Yorkda 2 millionga yaqin kishi, Vashingtonda 500 ming kishi Trampning prezident bo‘lib saylanishiga qarshi namoyishga chiqqan. Namoyishlar AQShdan tashqari Meksika, Parij va Tokioda ham bo‘lib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0