TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Senati tomonidan 2016-yilning Oktabrida qabul qilingan va Oliy sud tomonidan e’lon qilingan amnistiyada 39748 kishining ismi tilga olingan, Oliy sud matbuot xizmati xabariga asosan.
"O‘zbekiston Oliy majlisining Senati tomonidan amnistiya e’lon qilish uchun belgilangan uch oylik muddat oxirigia yetdi. Bu safar ushbu insonparvarlik tadbiri 39748 kishining taqdiriga taaluqli bo‘ldi", — deyilgan Oliy sud xabarida.
Xususan, amnistiya qilinganlar orasida 5408 nafar ayollar, 893 nafar 18 yoshga to‘lmagan o‘smirlar va 1000 dan ortiq yoshi 60dan oshga erkaklar bor.
Senat qaroriga binoan bu safargi amnistiyaga ilk bor sudlanganlar, ayollar, jinoyat sodir etish vaqtida 18 yoshga to‘lmaganlar, yoshi 60dan oshganlar, chet el fuqarolari va ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlar kiritilgan.
Shuning ushbu amnistiyaga ta’qiqlangan tashkilotlar safiga birinchi bor qo‘shilib davlat va jamiyat xavfsizligiga qarshi jinoyat qilgan, lekin keyinchalik qat’iyan to‘g‘ri yo‘lga kirgan shaxslar ham kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2005-yilga qadar amnistiya haqida qaror qabul qilish faqat prezident qaroriga binoan amalga oshirilar edi. 2005-yilda ikki palatali parlament tuzimi tashkil qilinganidan keyin ushbu huquq Senat ixtiyoriga o‘tgan edi.
Bundan oldingi amnistiya 2015-yilda bo‘lgan edi. Unda 55 ming kishi amnistiya qilinib, ulardan 3 ming nafari ozodlikka chiqarilgan edi.