Ot o‘z egasining dafn marosimiga kelib, ko‘z yosh to‘kdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishOtlar
Otlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hayvonlar insonning yaqin do‘stiga aylanishi hayotda ko‘plab uchraydigan hodisadir

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Ot egasining dafn marosimida inson kabi ko‘z yosh to‘kdi, deb xabar qilgan "Darakchi" nashri.

Hayvonlar insonning yaqin do‘stiga aylanishi hayotda ko‘plab uchraydigan hodisadir, deb yozadi nashr.

Masalan, braziliyalik Vagner Figueredo de Lima 10-yildan beri Sereno nomli ot bilan yaqin, inoq do‘stga aylangan edi. Ammo beshafqat o‘lim ularni ajrashishga majbur qildi. Vagner avtohalokat tufayli olamdan o‘tdi.

Vagnerning akasi Vando ukasi uchun Sereno qanchalik katta ahamiyatga egaligini bilgani tufayli otni dafn marosimiga olib keldi. Ot dafn marosimida xuddi yig‘layotganday, g‘alati ovoz chiqardi.

"Sereno nima voqea yuz berganini tushunganday, Vagner bilan vidolashishni istadi”, dedi marhumning akasi. Guvohlardan biri ot tobut yoniga kelib, uni hidlaganini, keyin boshini baland ko‘tarib, sog‘inch bilan kishnaganini aytdi.

Otning bu holatini ko‘rgan dafn marosimi ishtirokchilari ko‘zlariga yosh olishdi.

Qabristonga yetib borgunga qadar Sereno yo‘l davomida tuyoqlarini yerga urib, yig‘lab borgan. Keyin egasinining so‘nggi manzilida bosh egib, u bilan abadiy xayrlashgan.

Yangiliklar lentasi
0