TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov O‘shdagi Bobur nomli o‘zbek musiqali-akademik teatri uchun 50 ming dollar ajratishga va’da berdi, dedi teatr rahbari Nabijon Mamajonov.
Direktorning aytishicha, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari O‘shga tashrifi vaqtida mazkur teatrni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan. U Qirg‘izistondagi eng qadimiy teatrlardan biridir, deb xabar beradi Sputnik Qirg‘iziston.
Mamajonovning so‘zlariga ko‘ra, moddiy yordam borasida mavjud muammolar sanab o‘tilgan maktub bilan O‘zbekiston hukumatiga murojaat qilindi. Unda teatr tomidan chakka o‘tayotgani, quvur va o‘rindiqlarni almashtirish kerakligi ko‘rsatilgan.