TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Yevropa ittifoqi Afg‘onistondagi siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishda "Tolibon" harakatining ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaydi, dedi YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"Darhaqiqat, biz muzokaralar jarayoniga afg‘on jamiyatining barcha qatlami, jumladan, konstruktiv ruhdagi "Tolibon" vakillari ham qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlaymiz… Bunday ishtiroksiz siyosiy jarayonning oldinga siljishining imkoni yo‘q", — dedi Burian O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida.
Diplomat YeI Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan barcha ijobiy g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini, lekin "mazkur jarayonni qanday o‘tkazishni afg‘onlarning o‘zlari hal qilishlari kerakligini" bildirdi.
"Afg‘oniston muammosini harbiy yo‘l bilan yechib bo‘lmaydi, uni faqat siyosiy jarayon orqali hal qilish mumkin. Buning uchun mamlakat iqtisodiy jihatdan rivojlanishi va bugungi nizolarni bas qilishi lozim", — deb hisoblaydi YeI vakili.