Odnoklassnikida gif-rasmlarni bepul jo‘natish mumkin

© Novosti Uzbekistana"Odnoklassniki" sayti
Odnoklassniki sayti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i gif ko‘rinishidagi rasmlardan foydalanish uchun to‘lov joriy qilmaydigan bo‘ldi

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Odnoklassniki gif-rasmlar uchun to‘lov joriy etmaydi, deb xabar qilmoqda sayt matbuot-xizmati.

Foydalanuvchilar o‘zaro yozishuvlar paytida bu rasmlarni bepul jo‘nata oladilar, tajriba tariqasida foydalanish davrida giflarni ishlatish uchun pul to‘laganlarga esa ular sarf etgan OK pul birliklari qaytarib beriladi. Sinov paytida olingan ma’lumotlar asosida ijtimoiy tarmoq ko‘ngil ochar hizmatlarni bepul va pullik ko‘rinishla rivojlantiradi.

"Gif-rasmlar tasmada juda ommabop, shu sababli biz ularning o‘zaro yozishuvlarda foydalanuvchilar uchun naqadar muhimligini bilish uchun tajriba o‘tkazdik. Olingan ma’lumotlar asosida biz OKda bepul va noyob pullik ko‘ngil ochar hizmatlarni rivojlantirish haqida qaror qabul qildik. OK Messages ilovasining asosiy hizmati bu gif rasmlarga o‘xshatib qurilgan UGC-kontent — «Jonli stikerlardir». Biz ushbu istiqbolli yo‘nalishni rivojlantirimoqchimiz", deydi loyiha rahbari Anton Fedchin.

Eslatib o‘tamiz, OKda gif rasmlar almashinuvi xizmati 2015-yilning may oyida paydo bo‘lgan. Xozirgi kunga kelib foydalanuvchilar sutkasiga 1 mlrd gif jo‘natmoqdalar. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yildagiga nisbatan 133 marotaba o‘sdi. OK foydalanuvchilari gif rasmlarni nafaqat o‘z qaydlarida, balki shaxsiy yozishuvlarda ham jo‘natish va profil surati sifatida yuklash imkoniyatlariga ega.

Yangiliklar lentasi
0