TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Yuzga yaqin xizmatchi xodimlar juma kuni Oq uydan Barak Obamaning yuklarini olib chiqib ketadilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ko‘chish jarayoni xuddi harbiy operatsiyadek amalga oshirilar ekan: Obama yangi saylangan prezident qasamodiga yo‘l olishi bilan uning yuklari Oq uydan olib chiqib ketiladi. Obamalar oilasi bundan buyog‘iga Vashingtondagi uylarida istiqomat qilishadi.
Tramp O‘zbekiston vaqti bilan 22.00da qasamod qabul qiladi. Xuddi shu vaqtning o‘zida ikki muddat prezidentlik qilgan Obamaning vakolatlari to‘xtatiladi.
Obama Tramp qasamodi tadbiriga ketish oldidan Oq uydagi xizmatchilar bilan xayrlashadi. Xuddi shu vaqtning o‘zida uydagi sharoit Trampga moslashtirila boshlaydi. Nashrda yozilishicha, sog‘lom hayot tarziga qat’iy amal qilgan Obamalar oilasi Oval kabinetda olma va bodomlar saqlashgan ekan. Tramp esa fas-fudni xush ko‘rgani uchun, endilikda olma o‘rnini chips egallashi aytilmoqda.
Bu kabi talablar rahbarlar tomonidan xizmatchilarga oldindan aytiladi.
Oq uy 20-yanvar kunining o‘zidayoq Tramp ko‘chib kirishi uchun tayyor holatga keltiriladi.