Marat Basharov: musulmon ekanligimdan faxrlanaman

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishAktor Marat Basharov
Aktor Marat Basharov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Basharov o‘zining dindosh hamkasblariga e’tiqodlarida sobit turishlarini tiladi va o‘z dinlaridan hech qachon uyalmasliklari kerakligini aytdi

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiyalik teatr va kino aktori Marat Basharov bugungi davr musulmonlari haqidagi "Yo‘qolgan vasiyat" deb nomlangan teatr tomoshasida bosh rollardan birini ijro etadi va u jurnalistlarga o‘z dini bilan faxrlanishini bildirdi.

Basharov o‘zining dindosh hamkasblariga e’tiqodlarida sobit turishlarini tiladi va o‘z dinlaridan hech qachon uyalmasliklari kerakligini aytdi.

"Musulmon ekanligingning hech qanday yomon tomoni yo‘q. Aksincha, bu bilan faxrlanish lozim. Men musulmon ekanligimdan, tatar ekanligimdan har doim faxrlanganman, faxrlanmoqdaman va bundan keyin ham faxrlanaman", — dedi Basharov Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.

U ikki yildan buyon Rossiya va Moskva musulmonlar idorasi hamda Rossiya muftiylar kengashi bilan hamkorlik qilib keladi.

"Yo‘qolgan vasiyat" sahnalashtirilgan tomoshasining premyerasi 29-yanvar kuni Moskvadagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0