TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Ozarbayjon Madaniyat va sayyohlik vaziri Abulfas Garayev O‘zbekiston turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi rahbari Anvar Sharapov bilan shu kunlarda Ispaniyada bo‘lib o‘tayotgan Fitur-2017 sayyohlik yaramarkasida uchrashdi.
Uchrashuv davomida rahbarlar O‘zbekiston va Ozarbayjon orasida charter parvozlari tashkil qilish, birgalikda sayyohlik xizmatlari yaratish hamda o‘zaro turizmni rivojlantirish haqida kelishib olishdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida sayyohlikning boshqa sohalari bo‘yicha hamkorlik qilish haqida ham kelishib olindi.
Ispaniyada 18-22 yanvarda FITUR-2017 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning 164 mamlakatidan 9 mingdan ortiq sayyohlik kompaniyalar qatnashmoqda.