Jahon banki O‘zbekiston biznesiga milliardlar ajratadi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri: dollari SShA
Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekistonga milliardlab investitsiyalar kiritish masalalari muhokama qilindi.

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari vitse-prezidenti Siril Mullerni qabul qildi, "Uzbekiston" telekanali xabariga asosan.

"Sizning O‘zbekiston va Jahon banki orasida keng ko‘lamli hamkorlikni qo‘llab quvvatlash haqidagi shaxsiy fikringizni yuqori baholayman. O‘tgan yilda 2020-yilga qadar qabul qilingan mamlakat dasturi uchun minnatdorchilik bildiraman", — dedi Mirziyoyev Muller bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

Shuningdek O‘zbekiston prezidenti mamlakat va JB orasidagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini yuqori baholadi. Xususan Mirziyoyev "Yaqinda biz siz bilan millionlar (dollar) haqida gaplashgan bo‘lsak, bugun milliardlar haqida gaplashmoqdamiz", — dedi Mirziyoyev. 

Bank xodimlari uyma-uy yurib imtiyozli kredit taklif etmoqda

Muller o‘z navbatida yaqinda O‘zbekistonda kichik biznesni tezkor rivojlantirish uchun qabul qilingan choralar, mamlakatda tadbirkorlik va investitsiyalar uchun yaratilgan  qulay sharoitlarning katta ahamiyatga ega ekanligini xabar qildi.

Telekanal xabariga ko‘ra, tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning muhim jihatlari va hamkorlikni kengaytirish istiqbollari haqida muzokaralar olib borishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning iyul oyida Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi konsepsiyasini ishlab chiqarishdi. Xususan, JB O‘zbekistondagi 27ta ustuvor loyiha uchun 3 milliarddan ortiq mablag‘ni zahira saqlab qo‘yishgan edi.

O‘zbekiston 1995-yilda Jahon banki a’zosi bo‘lgan edi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston ushbu tashkilotdan umumiy hisobda 2,8 milliard dollar kredit olgan edi. Ushbu mablag‘lar  xususiylashtirish, moliya sohasini va qishloq xo‘jaligini zamonaviylashtirish, elektr energetika sohasini rivojlantirish, ijtimoiy sohadagi loyihalar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga sarflangan edi.

Yangiliklar lentasi
0