Xitoyning birinchi poyezdi Londonga yetib keldi

Obuna bo‘lish
Xitoy va Buyuk Britaniya orasida tarixda birinchi bor temir yo‘l aloqasi o‘rnatildi. Yangi transport aloqasi yo‘l-yo‘lakay barcha mamlakatlar bilan savdo sotiqni rivojlantirish imkonini beradi.

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Xitoyning birinchi yuk poyezdi Buyuk Britaniya poytaxtiga 17 kunda yetib keldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

East Wind nomli poyezd Xitoyning Chjeszan viloyatning Iu shahridan 3-yanvar kuni yo‘lga chiqib, 8 ming kilometr masofa bosib o‘tgan.

"Sharq shamoli" yo‘l yo‘lakay Qozog‘iston, Rossiya, Belorussiya, Polsha, Germaniya, Belgiya va Fransiyalar hududlarini va La-Mansh bo‘g‘ozini yer osti tunneli orqali kesib o‘tib 18-yanvarda Londonga yetib kelgan.

Oldin bunday uzoq masofaga poyezdda  yuk tashib berilmas edi, lekin kelajakda texnologiyalar rivojlanishi va davlatlar orasidagi munosabatlari o‘zgarishi tufayli tezurar poyezdlarda Xitoydan Yevropaga yuk yetkizib berish ommaviylashishi mumkin. Hozircha bunday uslubning yutug‘i uning dengiz yo‘lidan ko‘ra 2 baravar tezkorligida.  Ushbu mahsulotlarni dengiz orqali yetkizib berish bir oydan ko‘p vaqt sarflangan bo‘lar edi.

Poyezd Buyuk Britaniya poytaxtiga 34 konteynerdan iborat turli mahsulotlar olib keldi. Ular orasida kiyim kechak, elektronika va boshqa sanoat mollari bor. To‘qimachilik mahsulotlarining bir qismi Germaniyaning Duysburg shahrida tushirib qoldirildi.  

Londonda poyezdni Xitoy elchixonasi va savdo korxonalari vakillari kutib olishdi.

Yangiliklar lentasi
0