TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin jahonning eng kuchli tennischilaridan biri serbiyalik Novak Jokovichni Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi bosqichida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda chempionatning Facebookdagi rasmiy sahifasida xabar qilindi.
O‘zbekiston vakili deyarli 5 soat davom etgan bahsda jahon reytingining 2-pog‘onasini egallab turgan sportchini 6:7 (8:10), 7:5, 6:2, 6:7 (5:7), 4:6 hisobida yengdi.
Endi Istomin to‘rtinchi bosqichga chiqish uchun ispaniyalik Pablo Karreno-Busta (30) bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Denis Istomin jahon reytingida 117-o‘rinda qayd etilgan.