TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Dushanbeda YTH oqibatida Tojikiston Qurolli kuchlari boshlig‘i, mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Zarif Bobokalonov halok bo‘ldi, deb ma’lum qildi mudofaa vazirligi matbuot xizmati xodimi Jamshed Huseynov RIA Novostiga. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qilmoqda.
Xabar qilinishicha, hodisa Bobokalonov avtomobilda ishdan uyiga qaytayotganida yuz bergan.
Huseynovning aytishicha, general rulni boshqarib ketayotganida unda o‘tkir yurak yetishmovchiilig yuz bergan va oqibatda uning mashinasi boshqa mashina bilan to‘qnashib ketgan.
Agentlik suhbatdoshining aytishicha, YTHdan so‘ng Bobokalonovni shahar tibbiyot markazi shifoxonasiga keltirishgan, lekin shifoxonaga kelguniga qadar uning joni uzilgan.
General-mayor Zarif Bobokalonov 46 yoshda bo‘lgan. U 2014-yil 18-yanvarda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.