Zulfiqor Musoqov Tarantino uslubida yangi kino suratga oldi

© kultura.uzSsena iz filma Zulfikara Musakova "Papa zabolel"
Ssena iz filma Zulfikara Musakova Papa zabolel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Film namoyishida bo‘lgan OAV vakillari va rejisserlar fikriga ko‘ra, Zulfiqor Musoqov juda qiziqarli va insoniy film suratga olgan. Bu oxirgi vaqtlarda O‘zbekistonda suratga olingan eng yaxshi film bo‘lishi ham mumkin.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Toshkentdagi Kino uyida Zulfiqor Musoqovning "Dadam betob" nomli yangi kinofilmning maxsus namoyishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda kultura.uz sahifasi.

"Menimcha juda yaxshi kino suratga olingan. Uning hech qanday kamchiligi yo‘q. Bu haqiqiy kino, qolganlari — biznes-produkt", — deb izoh berdi Farxod Yunusov.

«Dadam betob» — bu avtor filmi bo‘lib, u kassa yoki festivallar uchun mo‘ljallanmagan. Kino "O‘zbekfilm" tomonidan ajratilgan kamtarona mablag‘ga suratga olingan.

Shunga qaramasdan, yangi kino hikmatlarga boy, kunning qizg‘in muammolarini aks ettiradigan bo‘lib chiqqan. U tomoshabinning bor diqqat va va e’tiborini talab qiladi. Filmda aks etgan asosiy voqealardan biri bu — fojeali sevgi hikoyasi. Shuningdek terrorchilik va ekstremizm  kabi hozirgi zamonning barcha dolzarb muammolari ham aks etgan.

© kultura.uz"Dadam betob" filmidan sahna
Ssena iz filma Zulfikara Musakova Papa zabolel - Sputnik O‘zbekiston
"Dadam betob" filmidan sahna

Filmda bir vaqtning o‘zida ikki voqea aytib berilgan. Bir  juda inoq qishloq oilaning otasi kasal bo‘lib qoladi. Uning turmush o‘rtog‘i qo‘lidan kelgan barcha ishni bajaradi. Dorilar uchun kerak bo‘lgan mablag‘ni topish uchun sigir ham qo‘shnilarga sotiladi, lekin yana juda ko‘p pul kerak… Shunda ayol taksichilik qilishga qaror qiladi. Filmda taksichilik bilan bog‘liq ko‘plab kulguli voqealar sodir bo‘ladi. Ikkinchi voqeada esa, "Pokiza" ismli ekstremistik g‘oyalar butunlay chulg‘ab olgan qiz va uni haqiqatdan ham sevuvchi  yigit hikoyasi aytib berilgan. Film so‘ngida ushbu ikki hikoya bir nuqtada kesishib, hamma narsa, kutilmagan, ijobiy yakunini topadi.

"Film har tomonlama qiziq. Uning negizida juda chuqur insonparvarlik va gumanizm tuyg‘usi o‘rin olgan…  Qisqa qilib aytganda, Kventin Tarantino uslugibida suratga olingan tragikomediya", — dedi mashhur o‘zbek rejisseri Damir Salimov.

Zulfiqor Musoqov o‘zining yangi filmini polshalik rejisser Anjey Vayda xotirasiga  bag‘ishlaganini aytdi. Biririnchidan Musoqov Vaydani o‘z o‘qituvchisi deb biladi. Musoqov haqiatdan ham 1987-89 yillarda Moskvada Vaydning leksiyalarini tinglagan. Ikkinchidan, bir yil oldin, ushbu film ssenariysi yozilayotgan paytda, Vayda 90 yoshida vafot etadi. Uchinchidan esa, yangi film Vaydaning 1958-yilda suratga olingan "Kul va olmos" filmining parafrazi (qaytadan aytib berish) bo‘lib, ushbu ikki film orasida o‘xshashlik tomonlari ko‘p.

© kultura.uz"Dadam betob" filmini suratga olish jarayoni.
S’mki filma Zulfikara Musakova Papa zabolel - Sputnik O‘zbekiston
"Dadam betob" filmini suratga olish jarayoni.

Film namoyishida bo‘lgan OAV vakillari va rejisserlar fikriga ko‘ra, Zulfiqor Musoqov juda qiziqarli va insoniy film suratga olgan. Bu oxirgi vaqtlarda O‘zbekistonda suratga olingan eng yaxshi film bo‘lishi ham mumkin.

Keng omma e’tiboriga film 20-yanvardan namoyish etila boshlaydi. Rusti tilida esa — bir oydan keyin chiqadi.

Yangiliklar lentasi
0