Iqtisod

Oʻzbekistonda moshning yangi turi yetishtiriladi

© Nuz.uzMosh Black Matre
Mosh Black Matre - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonlik fermerlar joriy yilda Hindistonga eksport qilish uchun tajriba sifatida moshning Black Matre deb ataluvchi yangi turini yetishtirishadi

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Hindiston eksport maqsadida Oʻzbekistonda moshning yangi turini yetishtirish taklifi bilan chiqdi, deb xabar berdi "Oʻzagroeksport" tashqi savdo kompaniyasi.

Oʻtgan yili "Oʻzagroeksport" AJ Hindistonning Shri Niwas Dall And Besan Mill, Green Field Agro, Avika Foods va Eco Green Import&Export kompaniyalari bilan mosh yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolagandi.

Osiyo taraqqiyot banki - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
OTB Oʻzbekiston meva eksportini oshirishi uchun 154 mln $ ajratdi

Mahsulot asosan Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari tomonidan yuklanmoqda.

Joriy yilning yanvar oyi birinchi oʻn kunligida "Oʻzagroeksport" AJ Hindistonga 300 tonnadan ortiq mosh eksport qildi. Kompaniya oy oxirigacha yana 2 ming tonna mosh eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2016 yilda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 2015 yildagiga nisbatan 38,3% — 818,5 ming tonnagacha oshdi. Xususan, 120,2 ming tonna dukkakli ekin mahsulotlari eksport qilingan.

Yangiliklar lentasi
0