Kinorejisser Shuhrat Abbosovning ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
O‘zbek va sovet kinematografini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi, gumanizm va umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘lagani va targ‘ib qilgani uchun Shuhrat Abbosov ko‘plab mukofotlar bilan taqdirlangan.

TOShKENT, 17-yanvarya — Sputnik. Toshkentdagi Rossiya Fan va madaniyat markazida mashhur o‘zbek va sovet kinorejisseri Shuhrat Abbosovning ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. Uni tabriklash uchun teatr va kino artislari, san’at arboblari va yoshlar kelishdi. 

Urashuv qatnashchilari rejisserning xalqlar do‘stligi, Rossiya va O‘zbekistonning madaniy-gumanitar hamkorligiga qo‘shgan hissasiga yuqori baho berishdi va ijodkorga yangi muvaffaqiyatlar tilab qolishdi.

Shuhrat Abbosovning "Toshkent — non shahri", "Sen yetim emassan", "Mahallada duv-duv gap" kinofilmlari O‘zbekiston va butun MDHda ko‘pchillikning bolalikdan sevib tomosha qilgan  filmlari bo‘lsa ajab emas.

Kinorejisser, ssenariy muallifi, pedagog, O‘zbekiston SSR Xalq artisti, SSSR Xalq artisti, Shuhrat Abbosov 1931-yil 16-yanvarda Qo‘qonda tug‘ilgan. Hozirgi kunda Shuhrat Abbosov O‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat institutida dars berib kelmoqda.

Shuhrat Abbosovning ijodiy kechasi tadbiri O‘zbekistondagi Rossotrudnichestvo hamkorligida bo‘lib o‘tdi.

© Rossiyskiy sentr nauki i kulturi v TashkenteShuxrata Abbosovning ijodiy kechasi
Tvorcheskiy vecher narodnogo artista SSSR kinorejissera Shuxrata Abbasova - Sputnik O‘zbekiston
Shuxrata Abbosovning ijodiy kechasi
Yangiliklar lentasi
0