Jamiyat

Rossiya va Oʻzbekiston bosh prokurorlari uchrashuv oʻtkazishdi

© Sputnik . Sputnik / Qoʻl siqib koʻrishish
Qoʻl siqib koʻrishish - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev Rossiyalik hamkasabasi Yuriy Chayka bilan Moskvada uchrashuv oʻtkazdi.

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Moskvada Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurori Ixtiyor Abdullayevning Rossiya bosh prokurori Yuriy Chayka bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Rossiya bosh prokuraturasi rasmiy sayti.

Uchrashuv boshida Rossiya bosh prokurori ikki mamlakat prokuraturalari hamkorligi yuqori darajadagi oʻzaro ishonch va tushunish ruhida oʻtyotganini taʼkidladi. Ushbu hamkorlik SHHT, BMT va Xalqaro Prokurorlar assotsiatsiyasi doirasida boʻlib oʻtayotgani ham aytib oʻtildi.

Rossiya va Oʻzbekiston prokuraturalari jinoiy ishlarni olib borish, odam savdosi va aholining huquqiy savodini oshirish borasida tadbirlar tashkil qilish borasida ikki taraflama va xalqaro hamkorlikni doimiy ravishda rivojlantirib bormoqda.

Uchrashuvda, shuningdek,  Oʻzbekiston Bosh prokuraturasining MDH bosh prokurorlari Koordinatsiya kengashida ishtirok etish masalalari va Rossiya Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Oliy oʻquv kurslari orasida hamkorlik oʻrnatish haqida ham kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0