Hodisalar

Oʻzbek maxsus xizmatlari Istanbulda ushlangan terrorchi bilan bogʻliq holatni oʻrganmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Hujjatlar bilan ishlash
Hujjatlar bilan ishlash - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda Istanbulda qoʻlga olingan shaxs bilan bogʻliq holatni oʻrganib chiqishmoqda, xabar berilishicha, "uning fuqaroligi haqida aniq fikr aytishga hali erta"

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston maxsus xizmatlari Istanbulda yangi yil tunida terrorchilik harakatini sodir etishda gumonlanib qoʻlga olingan shaxs bilan bogʻliq vaziyatni oʻrganishmoqda, hozircha Istanbuldan rasmiy maʼlumot kelib tushmadi.

"Istanbulda qoʻlga olingan shaxs borasidagi holat monitoring qilinmoqda, lekin ayni paytga qadar turk tomonidan rasmiy hujjatlar kelgani yoʻq", — dedi suhbatdosh. Uning aytishicha, qoʻlga olingan shaxsning fuqaroligi haqida gapirishga hali erta.

Sal oldin Turkiya Bosh vaziri Binoli Yildirim Istanbulda terrorchining qoʻlga olingani haqida xabar qilgan edi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Erdoʻgʻon terrorchini qoʻlga olgani uchun turk politsiyachilarini qutladi

Istanbul gubernatori Vasip Shaxin oʻzbekistonlik Abdulqodir Masharipov oʻz aybiga iqror boʻldi, deb maʼlum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Shaxinning aytishicha, u 1983 yilda Oʻzbekistonda tugʻilgan, 4ta tilni biladi, Afgʻonistonda mashgʻulot oʻtagan, u — puxta tayyorgarlik koʻrgan terrorchi. Taxminan, 2016 yilning yanvarida Turkiyaga kirib kelgan. Shundan soʻng, Istanbulga kelib, kvartira ijaraga olgan, terakt sodir etishdan oldin esa turar-joyini tez-tez oʻzgartirib turgan.

Uning soʻzlariga koʻra, Masharipov terrorchilik uyushmalari bilan aloqador boʻlishi mumkin. U bilan birgalikda uch nafar ayol va iroqlik erkak qoʻlga olingan.

Eslatib oʻtamiz, Istanbuldagi Reina tungi klubiga Yangi yil oqshomida qurolli hujum uyushtirilgan. Kalashnikov avtomati bilan qurollangan terrorchi klubni qoʻriqlayotgan politsiyachini otib oʻldirgan va klubdagi odamlarga qarata oʻt ochgan. Turkiya IIV maʼlumotlariga muvofiq, ushbu terakt oqibatida 39 kishi halok boʻlgan, 69 nafar shaxs yaralangan. Reyter agentligi esa "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi ushbu terakt uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga olganligini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0