Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya

Migrantlarga Chelyabinskda haydovchilik qilish taqiqlandi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Mediabankka oʻtishJamoat transporti
Jamoat transporti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Endi patent bilan ishlaydigan xorij fuqarolariga avtobus va taksida yoʻlovchi tashish taqiqlanadi

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Chelyabinsk viloyati hukumati transport kompaniyalariga patent asosida faoliyat koʻrsatadigan xorijlik fuqarolarni ishga qabul qilishni taqiqladi. Chelyabinsk viloyati hukumati saytida gubernatorning bu boradagi qarori eʼlon qilindi.

Qarorda 2017 yil 1 yanvardan boshlab viloyat hududida faoliyat koʻrsatadigan transport kompaniyalariga patent asosida ishlaydigan xorij fuqarolarini muntazam yoʻnalishdagi shahar ichi va shahar atrofida yoʻlovchi tashish, shaharlararo yoʻnalishda yoʻlovchi tashish, taksi faoliyati koʻrsatish uchun ishga olish taqiqlanishi bildirilgan.

2016 yil avgustida Novosibirsk viloyati gubernatori qator sohalarda migrantlar mehnatidan foydalanishni taqiqlovchi qarorni imzolagandi.

Unga koʻra, xorijlik fuqarolarga viloyat hududida ov qilish va yovvoyi hayvonlarni boqish, baliq ovlash, foydali qazilmalarni izlash, bolalar ozuqasi va parhez mahsulotlarini ishlab chiqarish, taʼtil vaqtida bolalar lagerlarida ishlash, maktab va bogʻchalarda ishlash, jamoat transporti va taksi haydovchiligi, moliyaviy faoliyat bilan shugʻullanish, buxgalterlik qilish, tijorat faoliyati boʻyicha maslahatlar berish, muharrir yoki tarjimonlik bilan shugʻullanish taqiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0