Jamiyat

Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi oʻzgarmadi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Mediabankka oʻtishIsh oʻrinlari yarmarkasi
Ish oʻrinlari yarmarkasi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
2016 yil yakunlariga koʻra ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 5,2 foizini tashkil etdi, bu 2015 yilgi koʻrsatkich bilan bir xil

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. 2016 yil yakunlariga koʻra Oʻzbekistonda ishsizlar soni 729,4 ming kishini yoki iqtisodiy faol aholining 5,2 foizini tashkil etdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti respublika Davlat statistika qoʻmitasiga asoslanib. 2015 yil yakunlariga koʻra ham ishsizlik darajasi 5,2%ni (709,4 ming) tashkil qilgandi.

Ishga joylashish - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi tashkil etiladi

Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, 2016 yilda iqtisodiyotda band aholi soni 13,298 million nafarni tashkil qilgan (2015 yilga nisbatan 1,8%ga oʻsgan). Umuman olganda nodavlat sektorda band boʻlganlar ulushi 82,3%ga yetgan (2015 yilda 82,2%ni tashkil qilgan).

Rasmiy statistikaga koʻra, Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 2016 yilda 1,7%ga oshgan —32,121 million kishiga yetgan. Ekspertlarning baholashlaricha, hozirda respublikaning uch millionga yaqin fuqarosi yoki mehnatga yaroqli aholining deyarli uchdan bir qismi xorijda mehnat qilmoqda.

2016 yil dekabrda Oliy Majlis Senati 2017 yilda 900 ming kishini ish bilan taʼminlashni koʻzda tutuvchi aholi bandligi dasturini maʼqulladi. Dasturga koʻra muntazam ish oʻrinlarida 389,3 ming kishining bandligi, mavsumiy va vaqtinchalik ish bilan 200 ming kishi taʼminlanadi. Shuningdek, shaxsiy va dehqon xoʻjaliklari, hunarmandlik va oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishlarida ish bilan band boʻlmagan 309 ming nafar aholini ish bilan taʼminlash koʻzda tutilgan. 2016 yilda respublikada 726 ming kishi ish bilan taʼminlandi.

Yangiliklar lentasi
0