Jamiyat

Abdulaziz Kamilov Yaponiya parlamenti missiyasini qabul qildi

© MID UzbekistanaYaponiya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv
Yaponiya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga tashrif buyurgan Yaponiya Parlamenti Maslahatchilar palatasi deputati Yuxey Yumashita boshchiligidagi parlament missiyasini qabul qildi

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Delegatsiya tarkibida deputatlar Mizuxo Onuma, Yuka Miyazava, Mitsuko Ishii ham bor, deb xabar berdi TIV axborot xizmati.

Xabarga koʻra, suhbat chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida "Taraqqiyotga rasmiy koʻmak" nomli Yaponiya hukumat dasturi doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda Yaponiya Elchisi Nobuaki Ito ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0