Daewoo va Hyundai Tolimarjon IESni modernizatsiya qilishdi

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tishIES mashina zali
IES mashina zali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreyaning Daewoo va Hyundai kompaniyalaridan iborat konsorsium Qashqadaryo viloyatidagi Tolimarjon elektr stansiyasini to‘liq ta’mirdan chiqardi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Janubiy Koreyaning Daewoo va Hyundai kompaniyalari O‘zbekiston janubidagi Tolimarjon IESini to‘liq ta’mirdan chiqarishdi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekenergo” AJ.

Tolimarjon IESida quvvati 900 MVt bo‘lgan ikki bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi. Ayni damda stansiya elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlagan.

Janubiy Koreyaning Daewoo va Hyundai kompaniyalari 2013-yilda “O‘zbekenergo” AJ bilan Tolimarjon IESini modernizatsiya qilishga, tender asosida umumiy qiymati 861 million dollar bo‘lgan shartnoma imzolashgan edi.

Shartnomaga ko‘ra, konsorsium IESda quvvati 450 MVt bo‘lgan ikki par-gaz qurilmasi barpo etishgan. Qurilmalarning birinchisi 2016-yil avgustida, ikkinchisi – dekabrida ishga tushirilgan edi. Par-gaz qurilmasining o‘zi Yaponiyaning Mitsubishi Corporation tomonidan ishlab chiqarilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirish stansiyada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxini 30% ga kamaytirish imkonini beradi.

2004 yilning dekabr oyida “O‘zbekenergo” Tolimarjon IESining quvvati 800 MVt bo‘lgan birinchi energoblokini ishga tushirgan edi. Yangi qurilmalar ishga tushishi bilan IESda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi dastlabki quvvatiga ko‘ra 2,3 baravarga oshadi.

Yangiliklar lentasi
0