TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Loyihaning umumiy qiymati 30 million dollar atrofida bo‘ladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Zavod 2018-yilda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning Sirdaryo shahridagi "O‘ztemiryo‘lmashta’mir" unitar korxonasi vagon-g‘ildirak ustaxonalari negizida ishga tushadi.
Ilgariroq mazkur sanoat obyekti qurilishi 2017-yilda Yangiyer shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgandi. Zavod qurilishi nima uchun boshqa joyga ko‘chirilishi va muddati o‘zgarishi borasida kompaniya ma’lumot bermagan.
O‘zbekiston prezidenti "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJga 2017-yilning 1-apreliga qadar mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari borasidagi ma’lumotlarni tayyorlash va uni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritishni topshirdi. Kompaniya loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda 1-iyulga qadar qurilish ishlarini amalga oshirishga ruxsat oldi.
Davlat rahbari, shuningdek, loyihada ishtirok etayotgan kompaniyalarga qator chegirma va imtiyozlar taqdim etdi. Masalan, "O‘zbekiston temir yo‘llari" bo‘linmalari tomonidan bajariladigan qurilish montaj-ishlari qo‘shimcha qiymat solig‘i va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etiladi.
Bundan tashqari, respublikada ishlab chiqarilmaydigan va qurilish doirasida chetdan keltiriladigan mashina va uskunalar, ehtiyot va butlovchi qismlar, asboblar va texnologik ashyolar bojxona to‘lovidan ozod qilindi.