TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Jenevalik advokat Greguar Manja Neue Zürcher Zeitung gazetasiga bergan intervyusida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova bilan Toshkentda dekabr oyida ko‘rishganini aytib ilgari ayrim OAVda uning o‘limi haqida tarqalgan xabarlarni inkor etdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Ilgariroq ayrim ommaviy axborot vositalari Karimova o‘tgan yilning 5-noyabrida vafot etgani haqida xabar tarqatishgandi. RIA Novostining Karimovlar oilasiga yaqin manbasi ushbu xabarni rad etgandi.
Shveysariyalik advokat Karimova bilan dekabr oyida ko‘rishganini bildirdi.
"Men mandat olganimdan so‘ng Gulnora Karimova bilan o‘tgan yilning dekabrida Toshkentda ko‘rishdim", — dedi Manja. Uning ta’kidlashicha, Karimovaning salomatligi "juda yaxshi holatda". Advokatning aytishicha, u shu uchrashuvga qadar qadar "o‘z mijozi bilan gaplashish imkoniga ega bo‘lmagan".
Manja Karimova bilan uchrashganida avvaliga unga savol berishga ruxsat berishmagan, prokurorlar esa uning chetlatilishini talab qilishgan. Karimova "jangovar kayfiyatda" va o‘ziga nisbatan Shveysariyada ochilgan tergov ishi borasida izoh berishdan bosh tortgan. Advokatning aytishicha, unga hech kim bilan so‘zlashishga ruxsat berilmagan.