TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Toshkentdagi Integro savdo markazida Ifly — batutda sakrash markazi ochildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Majmua tashkilotchilari aytishiga qaraganda, Toshkentda jismonan faol hordiq chiqarish uchun yana bir markaz ochildi. Bu yerda kattadan kichikgacha bo‘lgan barcha sakrashi mumkin.
"Bu nafaqat ko‘ngilochar markaz, batutda sport mashg‘ulotlar ham o‘tkazish mumkin", — dedi batut markazi vakili.
Batut markazida o‘z trenerlari ham bor. Ular ushbu sport turiga qiziqish uyg‘otganlarga sakrash texnikasi, xavfsizlik qoidalarini tushuntirishib berishadi va razminka o‘tkazishadi. Faqat shundan keyin mijozlarga batut zaliga kirishga ruxsat berishadi.
Markazda 13ta batut, porolon chuquri, sakrash uchun minora va basketbol halqalari bor. Charchasangiz kafeda dam olish ham mumkin.
Mutaxassislar aytishiga ko‘ra, 10 minut batutda sakrash uchun yarim soat yugurganda sarf qilinadigan energiya sarflanadi. Undan tashqari batut inson vestibulyar apparatini mustahkamlab, bosh og‘rish holatlarini kamaytiradi.
Markaz ochilish marosimida trampolin bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari va Pekindagi Olimpida sovrindori Yekaterina Xilko ishtirok etdi.
"Bizning mamlakatda batutda sakrash sporti rivojlanayotganidan judayam xursandman. Men shug‘ullanishni boshlagan vaqtlarimda ko‘pchillik batut nima ekanini bilmasdi. Hozir esa mana shunday yangi markazlar ochilmoqda. Bunday joylar ochilishining asosiy yutug‘i — bu yerga bolalar kela boshlashi va ularda ushbu chiroyli, tomoshabop va harakatlarni yuqori darajada muvofiqlashtiradigan sport turiga qiziqish uyg‘onishidir. Bu yerda vaqt o‘tkazish bolar uchun qiziqari va ularning sog‘lig‘i uchun foydalidir", — dedi Xilko.
Markazga tashrif buyurgan sportchilar ham uning "aql bilan tashkil qilinganini" va bolalar xavfsizligi uchun hamma narsa ko‘zda tutilganini tan olishdi.