Mirziyoyev: 2016-yilda O‘zbekiston YaIMi 7,8 % ga o‘sdi

© press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident aytishiga qaraganda, o‘tgan yilda O‘zbekiston iqtisodiga kirtilgan chet el sarmoyalari hajmi o‘tgan yilda 11,3% ga o‘sib - 3,7 milliard dollarni tashkil qilgan.

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. 2016-yilda O‘zbekiston YaIMi 7,8 % ga o‘sdi dedi, O‘zbekiston prezidenti shaba kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar mahkamasi kengashida.  

Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga o‘araganda o‘tgan 2016-yilda sanoat o‘sishi 6,6 %ni, qishloq xo‘jaligi o‘sishi 6,8 %ni va sarmoyalar o‘sishi 9,6 %ni tashkil qilgan.    

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda O‘zbekiston YaIMi 8%ga o‘sib undan sanoat o‘sishi 8%, qishloq xo‘jalik o‘sishi 6,8% va sarmoyalar o‘sishi 9,5% ni tashkil qilgan edi.

Prezident aytishiga qaraganda, o‘tgan yilda O‘zbekiston iqtisodiga kirtilgan chet el sarmoyalari hajmi o‘tgan yilda 11,3% ga o‘sib — 3,7 milliard dollarni tashkil qilgan. Shuningdek, o‘tgan yilda sarmoyadorlar ishtirokida umumiy hajmi 5,2 milliard dolllar bo‘lgan 164 ta yirik loyiha yakuniga yetkizilgan.

Davlat budjeti profitsiti YaIMning 0,1 %ni tashkil qilgan. Inflyatsiya darajasi 5,7 %ni tashkil qilib, prognoz darajasidan oshmagan.

O‘zbekiston hukumati xabariga ko‘ra 2017-yilda YaIM o‘sishi 7,8 %ni tashkil qiladi. Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8 %ni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,2 %ni va kiritilayotgan sarmoyalar hajmi — 9,6 %ni tashkil qilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0