Afg‘onistonda ID 13 nafar ulamoni asirga oldi

© AFP 2023 / NOORULLAH SHIRZADAAfg‘onistonda Tolibon jangarilari
Afg‘onistonda Tolibon jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda vaziyat notinchligicha qolmoqda.Yaqinda ID va “Tolibon” bir-biriga urush e’lon qilgan edi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ta’qiqlangan “Islom davlati” terrorchilik guruhi jangarilari Afg‘onistondan 13 nafar ulamoni asirga oldi, deb xabar qilmoqda “Sinxua” axborot agentligi.

Voqea Afg‘oniston sharqida joylashgan Nagaxar viloyatining Xiski Mina nomli joyida sodir bo‘lgan. Viloyat hukumati vakili Atavulla Xogiani xabariga ko‘ra, ID jangarilari, kutilmaganda, bostirib kelib Madrasada talabalardan imtihon olayotgan 13 nafar ulamoni noma’lum tomonga olib ketgan.

Mahalliy hukumat asirga olingan diniy ulamolarni darhol qutqarish operatsiyasini boshlab yuborgan.

Afg‘onistonda vaziyat notinchligicha qolmoqda. Oxirgi vaqtlarda ID jangarilari va “Tolibon” orasida to‘qnashuvlar tez-tez bo‘lib turmoqda. Yaqinda ushbu ikki terrorchi tashkilot bir-biriga urush e’lon qilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0