Ekstrasens Ukraina ssenariysi O‘zbekistonda takrorlanishi mumkinligini bashorat qildi

Obuna bo‘lish
Rossiyaga yaqin joylashgan - qo‘shni davlatlarda yangi harbiy harakatlar yuzaga keladi, deya bashorat qilmoqda ozarbayjonlik ekstrasens Ziraddin Rzayev

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. To‘rt yoki besh yildan so‘ng jahondagi vaziyat o‘zining qaynoq nuqtasiga yetadi. Yangi qurollandan mojarolar o‘choqlari paydo bo‘ladi. Moskva shahrida istiqomat qiluvchi taniqli ekstrasens Ziraddin Rzayev Sputnik Ozarbayjonga bergan intervyusida ana shunday qayg‘uli xabarlar bilan bo‘lishgan.

— 2016 yilning 27-dekabr kuni men Buyuk Britaniya osmoni uzra qora bulutlar paydo bo‘lishini bashorat qildim. Ammo mening bu gaplarim faqat 1-yanvar kuni e’lon qilindi. Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II tez orada olamdan o‘tishi haqida gapirish menga juda noqulay edi. Angliyada uch kunlik motam e’lon qilinadi. Ammo men "7" va "8" raqamlarini ham ko‘rdim. Bu raqamlar nima ma’noni anglatishini hozircha bilmayapman. Men tush ko‘rdim.

© Foto : ziraddin.ruEkstrasens Ziraddin Rzayev
Ekstrasens Ziraddin Rzayev - Sputnik O‘zbekiston
Ekstrasens Ziraddin Rzayev

Ovoz meni bu haqda oldindan gapirmaslik kerakligi haqida ogohlantirdi. Ammo men bu haqda hammaga aytish kerak, degan qarorga keldim. Osmon uzra suzib yurgan qora bulutlarni tushda ko‘rishlik — yaxshi emasligini hatto ahmoqlar ham biladi.

- Donald Tramp AQShni boshqaradigan davrda ishlar qanday kechadi?

— Tramp hukmronligi vaqtida dunyoda jiddiy inqirozlar yuz berishi kutilmaydi. Ammo keyin vaziyat murakkablashadi. Tramp — hozir siz ko‘rib turgan odam emas. Bir qarashdan, u saxiy, Rossiyani qo‘llab-quvvatlaydigandek, tinchlik tarafdori bo‘lgan insondek taassurot uyg‘otadi. Haqiqatda esa uning hukmronligi davrida dunyoga harbiy kuch yordamida ta’sir o‘tkazishning yangi rejalarini ishlab chiqarish uchun qo‘yishgan. Jahon siyosatini yaratadigan kuchlar Trampni saylab qo‘ygan. Ammo ularning rejalari tugab qolgan. Endi navbat Rossiyaga chegaradosh davlatlarga keldi. Ukraina ssenariysi Moldova, Qozog‘iston, O‘zbekistonda takrorlanishi mumkin. Va ular hozirda buning ustida faol ish olib borishmoqda. Yaqin 3-4 yil ichida ular yangi ssenariyni tayyorlaydilar.

Taniqli ekstrasensdan shov-shuvli bashorat - "Bu mashhur o‘ladi"
Tramp hukmronligi davrida hammasi osuda kechadi. Suriya, Iroq, Afg‘oniston, Ukraina — bu davlatlarga nisbatan rejalar ustida ular bir yil ishlashmagan axir. Endi esa ularning rejalari tugab qolgan. Nimadir boshqacha kecha boshlagan. Ular rejasiz ishlay olmaydi. Tramga keladigan bo‘lsak, u o‘zini saxiy inson sifatida namoyon qiladi, xuddi Bill Klintondek. U xalqni zeriktirmaydi. Ammo odamlar shu bilan andarmon bo‘lishgan bir vaqtda kuchlar Rossiyaga qo‘shni bo‘lgan, shu jumladan musulmon davlatlariga nisbatan rejalarini ishlab chiqara boshlaydilar. Ularning maqsadi avvaliga Rossiya qo‘shnilarini, so‘ng esa uning o‘zini okkupatsiya qilib, bo‘lib olishdan iborat.

- Ayting-chi, dunyodagi eng osuda orolcha qayerda joylashgan?

— Eng tinch joymi?

- Ha.

— Bunday joy mavjud emas. Agar shunday joy bo‘lganida, men u yerda yashayotgan bo‘lardim. Qiyomat yaqin, shu bois hech qayerda tinchlik bo‘lmaydi.

- Suriyadagi urush tugadi, deb ayta olasizmi?

— Suriya qon ichida qoladi. Yaqin yillar ichida u yerda tinchlik bo‘lmaydi.

- Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on Fatxulla Gulenni hibsga olishga muyassar bo‘ladimi?

— Erdo‘g‘on Gulenni hibsga ololmaydi. U o‘z ajali bilan o‘ladi. Gulen yoki insult yoki infarktni boshdan kechiradi. Bu kutilmaganda ro‘y beradi. Men uning qon tomirlarida muammo ko‘rapman.

- Yaqin yillar ichida yangi, jahon siyosatida muhim rol o‘ynaydigan siyosatchi paydo bo‘ladimi?

— To‘rt-besh yil davomida — yo‘q. Biz hozir ko‘rib turgan shaxslar o‘z reytingini saqlab turadilar. Shu bois, Vladimir Putin singari jiddiy o‘yinchilar yaqin o‘rtada paydo bo‘lmaydi.

Yangiliklar lentasi
0