O‘zbekistonda 14-yanvarda to‘lov tizimlari vaqtincha ishlamaydi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishTo‘lov terminali
To‘lov terminali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"UZCARD" to‘lov tizimi esa odatdagidek faoliyat yuritishini ma’lum qildi

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 14-yanvar kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar axborot tizimlari vaqtincha ishlamaydi, deya xabar bermoqda "O‘zbektelekom" AK.

"O‘zbekiston MB tarmog‘ida profilaktika ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 2017-yil 14-yanvar kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar axborot tizimlari vaqtincha amal qilmaydi. Vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz", deyiladi xabarda.

UZCARD banklararo to‘lov tizimi mazkur xabar bo‘yicha o‘z bildiruvini e’lon qildi.

"Bugun, 2017-yilning 13-yanvar kuni Uzmobile kompaniyasining veb-saytida (http://uzmobile.uz) "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tarmog‘ida profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli 14.01.2017 yil sanasi, soat 09:00dan 18:00ga qadar to‘lov tizimlari xizmatlarida vaqtincha ishlamaslik holatlari kuzatilishi mumkin"ligi haqida xabar chop etildi. Shuningdek, aynan bir xil ma’lumot Uzmobile abonentlariga ham SMS-xabar shaklida yuborilgan.

Shu munosabat bilan Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YaUPM) rasman ma’lum qiladiki, YaUPM tomonidan profilaktika ishlari olib borilishi rejalashtirilmagan. Karta egalari erkin ravishda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. "UZCARD" to‘lov tizimi odatdagi tarzda faoliyat yuritmoqda", deyiladi "UZCARD" to‘lov tizimi tomonidan.

Yangiliklar lentasi
0