O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi 2017 Australian Open Championship g‘olibi bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Toshkentlik shaxmatchi turnir favoriti, misrlik xalqaro grossmeyster Ahmad Adlini mag‘lubiyatga uchratdi

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Avstraliyaning Brisben shahrida bo‘lib o‘tgan 2017 Australian Open Championship xalqaro musobaqasida o‘zbekistonlik 16 yoshli xalqaro usta Temur Qo‘yboqarov g‘olib bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi xabar qildi.

Turnirning 11 tur yakunlari bo‘yicha 4 ishtirokchi 8,5 ochkodan to‘pladi, biroq ularning eng yoshi —16 yoshli xalqaro usta Temur Qo‘yboqarov yuqori qo‘shimcha ko‘rsatkichni qayd etib g‘olib bo‘ldi.

© Federatsiya shaxmat UzbekistanaYosh shaxmatchi Temur Qo‘yboqarov
Yuniy shaxmatist Temur Kuybokarov - Sputnik O‘zbekiston
Yosh shaxmatchi Temur Qo‘yboqarov

10-turda toshkentlik shaxmatchi turnir favoriti, misrlik xalqaro grossmeyster Ahmad Adlini mag‘lubiyatga uchratdi.

Xabarda aytilishicha, Temur o‘zining birinchi grossmeysterlik ballini ham qo‘lga kiritdi.

Yangiliklar lentasi
0