Turk agentligi Xorazmdagi shifoxonaga tibbiy anjom berdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishShifoxona
Shifoxona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turk mutaxassisi shifoxona xodimlariga mazkur anjomdan qanday foydalanish bo‘yicha tushuncha berdi

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Turkiyaning hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TİKA) Respublika maxsus urologiya markazi Xorazm viloyati onkologiya dispanserini tibbiy anjom bilan ta’minladi, deb xabar bermoqda "Anadolu" AA.

Shifoxonaga keltirilgan anjomning ishlashini TİKA va respublika sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligi doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turgan Anqara urologiya klinikasi shifokori Yilmaz Aslan ko‘zdan kechirdi.

Turk mutaxassisi shifoxona xodimlariga mazkur anjomdan qanday foydalanish bo‘yicha tushuncha berdi. Bundan tashqari, u o‘zbek shifokorlari bilan birgalikda ikkita jarrohlik amaliyotida qatnashdi.

Yangiliklar lentasi
0