TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. chess.pw nashri "MDHning eng go‘zal shaxmatchi qizi"ni aniqlash bo‘yicha ovoz berish boshlanganini e’lon qilgan edi. Ushbu tanlovda o‘zbekistonlik grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova yetakchilik qilmoqda.
13 yanvar holatiga ko‘ra u 348ta ovoz to‘plagan va birinchi o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rinda qirg‘izistonlik Aleksandra Samaganova joylashgan. Tanlovda Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Ukrainaning shaxmatchi go‘zallari ishtirok etishmoqda.
Grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova o‘tgan yili Osiyo chempioni bo‘lgan. Farg‘onalik bu shaxmatchi qiz qator xalqaro turnirlar g‘olibi.
Gulruhbegimni qo‘llab-quvvatlash uchun siz ham o‘z ovozingizni berishingiz mumkin.