Shahzoda Muhammedova og‘irligi 24 kiloli nikoh libosi yaratmoqda

© instagramAktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nikoh libosi 1 oydan buyon tikilmoqda

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova faqat qo‘l mehnati bilan tayyorlanadigan nikoh libosi ustida ish olib bormoqda, deb xabar bermoqda nuz.uz. Libosning umumiy og‘irligi 24 kiloga teng bo‘ladi. Shahzoda ish jarayonidan olingan fotosuratlar bilan Instagram sahifasida o‘rtoqlashdi.

Shahzodaning yozishicha, unga bu libosni tayyorlash uchun rossiyalik mijozi buyurtma bergan. Mazkur libosni 15 kishi tayyorlamoqda.

Foto opublikovano Administrator:+998998199091 (@shaxzoda__muxammedova) Yanv 11 2017 v 12:00 PST

"Og‘irligi 24 kg bo‘lgan nikoh libosi 1 oydan buyon tikilmoqda. Rossiyada yashovchi mijozimiz uchun. Qo‘l ishi", deb yozadi u.

Shahzoda Muhammedova — o‘zbek aktrisasi, teleboshlovchi va dizayneri bo‘lib, u ko‘plab filmlarda suratga tushgan. Bundan tashqari, u "Shaxzoda" atelye-do‘konining asoschisi hamdir.

Yangiliklar lentasi
0