TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova rossiyalik Veronika Kudermetovani yengib Australian Open musobaqasi saralash bosqichining ikkinchi raundiga yo‘l oldi.
O‘zbekiston vakili uch setdan ikkitasini (6:4, 3:6, 6:3) o‘z foydasiga hal qildi. Endi Sharipova saralash musobaqalari finaliga chiqish uchun tayvanlik Chan Kaychen bilan kuch sinashadi.
O‘zbekistonlik yana bir tennischi Nigina Abduraimova esa saralash musobaqasining birinchi raundida xitoylik Kay-Lin Chjanga qarshi kortga chiqadi.
Tennis bo‘yicha Avstraliya ochiq chempionati Melburn shahrida 16-29 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnirning bu yilgi sovrin jamg‘armasi rekord darajada — 50 million Avstraliya dollari yoki 36,2 million AQSh dollarini tashkil etadi.