TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangi reyting jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 568 ochko bilan 61-o‘ringa ko‘tarildi.
Bu o‘tgan oydagi ko‘rsatkichga nisbatan 1 pog‘ona yuqoriroq. O‘zbekiston termasi Osiyo Futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a’zo terma jamoalar orasida 6-o‘rinda qoldi. 816 ochko bilan Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qolgan Eron jahonda 29-o‘rinda bormoqda. Janubiy Koreya 699 ochko bilan qit’ada 2-pog‘onada, jahon reytingida esa 37-o‘rinda.
Top 10 Asian nations based on the recently released #FIFA World Ranking (as of January 12, 2017)#TheAFC #OAOG #Football #Asia pic.twitter.com/5btL05tfOd
— The-AFC.com (@theafcdotcom) 12 yanvarya 2017 g.
Avstraliya (649 ochko) jahonda 44-, Osiyoda 3-o‘rinni egalladi. Yaponiya (46-o‘rin) va Saudiya Arabistoni (48-o‘rin) Osiyo qit’asida 4-5 o‘rinlardan joy oldi.
FIFA reytingida hamon Argentina (1634 ochko) yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni Braziliya (1544 ochko), uchinchi o‘rinni Germaniya (1433 ochko) egallagan.