Turkiya o‘z chegarasiga yuzlarni tanuvchi tizimni joylashtirmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishTurkiya-Suriya chegarasi
Turkiya-Suriya chegarasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda ta’kidlanishicha, qidiruvdagi shaxs transport haydovchisi va yo‘lovchilar bilan birgalikda chegarani kesib o‘tishga harakat qilsa, yuzni tanishga moslashtirilgan yangi tizim shaxsni identifikatsiya qiladi

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Turkiya hukumati mamlakat chegara-nazorat punktlari xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida shaxs yuzini tanuvchi tizimlarni o‘rnatmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Nashrga ko‘ra, bu haqda Turkiya bojxona va savdo vaziri Bulent Tufenkchi bayonot qilgan.

"Agar qidiruvdagi shaxs transport haydovchisi va yo‘lovchilar bilan birgalikda chegarani kesib o‘tishga harakat qilsa, yuzni tanishga moslashtirilgan yangi tizim shaxsni identifikatsiya qiladi. Bu innovatsiya xalqaro terrorchilik va jinoyatchilikka qarshi kurashishga muhim hissa qo‘shadi", — deb ta’kidlagan Tufenkchi Anadolu agentligiga bergan intervyusida.

Vazirning so‘zlariga qaraganda, Turkiya chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslarning suratlari politsiya Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tuzilgan ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. "Bu jinoyatchilarni kelajakda javobgarlikka tortish uchun asos yaratib, nolegal migratsiya, kontrabanda, shu jumladan, qurol va giyohvand moddalar, odam savdosi kabi jinoyatlarga qarshi yanada samarali kurash olib borishga yordam beradi", — deb qo‘shimcha qilgan Tufenkchi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, shaxslarning yuzlarini tanuvchi yangi tizim Turkiyaning Eron, Iroq qv Suriya bilan chegaradosh 11ta nazorat-o‘tkazuv punktlarida o‘rnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0