Obamaning eng so‘nggi "prezidentlik" xabari

© AFP / Joshua LOTTBarak Obama Chikagoda vidolashuv nutqini ijro etayotgan vaqtda
Barak Obama Chikagoda vidolashuv nutqini ijro etayotgan vaqtda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Obama so‘nggi "prezidentlik" so‘zlarini chop etgach 660 mingdan ziyod internet foydalanuvchilar shu zahoti ushbu tvitni o‘z sahifalarida joylashtirishgan

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Obamaning AQSh prezidenti sifatida Twitter ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan eng so‘nggi xabari uning boshqa tvitlariga nisbatan eng ko‘p layk oldi, qolaversa ushbu xabar bilan juda ko‘p foydalanuvchilar o‘zaro bo‘lishganlar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Hammasi uchun rahmat. Mening eng so‘nggi iltimosim xuddi birinchi iltimosimdek bo‘ladi. Men sizlardan bir narsaga qattiq ishonishni so‘rayman — mening o‘zgarishlarni sodir eta olish qobiliyatimga emas, balki o‘zlaringizning xuddi shunday qobiliyatingizga ishoning", — deb yozib qoldirgan ketayotgan AQSh prezidenti.

​Obama eng so‘nggi "prezidentlik" so‘zlarini o‘z sahifasiga e’lon qilishi bilan 660 mingdan ziyod foydalanuvchilar shu onning o‘zida bu xabarni o‘z do‘stlari bilan bo‘lishganlar.

AQSh prezidentining Tvitter-akkauntiga a’zo foydalanuvchilar soni 13 millionni tashkil qiladi. Internetdagi ushbu akkaunt 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan inauguratsiyadan so‘ng Donald Trampga o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0