Mehnat daftarchasiga internet orqali buyurtma berish mumkin

© Startup StockphotosInternet foydalanuvchi
Internet foydalanuvchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi yuridik shaxslarning mehnat daftarchasiga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash bo‘yicha yangi Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishga tushirdi

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Mehnat vazirligining Feysbuk ijtimioy tarmog‘ida e’lon qilingan xabarga muvofiq, yuridik shaxslar endilikda mehnat daftarchalariga yangi tizim orqali buyurtma berishlari mumkin bo‘ladi.

Kompyuterda ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Milliy vakansiyalar banki tashkil etildi
"Yangi ishga tushirilgan tizim mehnat daftarchalari bilan ta’minlashning barcha jarayonini avtomatlashtiradi: yuridik shaxslar tomonidan mehnat daftarchasini olishdan tortib, mehnat organlari tomonidan mehnat daftarchalari harakatini to‘liq hisobga olishgacha", deyiladi xabarda.

Yuridik shaxs xizmatdan foydalanish uchun Mehnat vazirligining www.mehnat.uz rasmiy saytidan bir marotaba ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Shaxsiy kabinetda yuridik shaxs mehnat daftarchasini olish uchun murojaat yo‘llashi mumkin. Elektron murojaat asosida ushbu murojaatni mehnat bo‘yicha mahalliy organlar xodimlari tomonidan bajarilishi bo‘yicha biznes-jarayonlar ishga tushiriladi.

Yana bir yangilik yuridik shaxslar tomonidan Milliy kadr portalidagi shaxsiy kabinet orqali bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlarni bo‘sh ish o‘rinlari Milliy bazasiga kiritishlari bilan bog‘liq. Qabul qilingan hisobot avtomatlashtirilgan rejimda qabul qilib olinib, qayta ishlanganidan so‘ng, bo‘sh ish o‘rni haqidagi ma’lumot ish.mehnat.uz saytida taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0