Buxoroda FV boshqarmasining o‘quv-tayyorlov markazi ochildi

© MChS UzbekistanaBuxoro viloyati FV Boshqarmasi yangi binosi ochildi
Buxoro viloyati FV Boshqarmasi yangi binosi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘quv markazining asosiy vazifasi aholi va tashkilot va muassasa boshqaruvchilarini favqulodda vaziyatlarda muvofiq harakat qilishga o‘rgatishdan iborat.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Vatan himoyachisi kuni arafasida Buxoro viloyatida  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qarashli tayyorlov majmuasi ochildi, deb xabar qilmoqda FVV matbuot xizmati.

Yangi majmuada aholi va boshqaruvchi rahbarlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlash markazi ochiladi. Yangi majmuada biblioteka, bir necha auditoriyalar va turar joy bor.  Majmua o‘quv-tayyorlov jarayoni uchun kerak bo‘ladigan barcha zamonaviy uskunalar, ko‘rgazmali qurollar, adabiyotlar, sport zali va qutqaruv texnikasi bilan jihozlangan.

Ushbu tantanali tadbirda FV vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Aripov, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev, viloyat IIB va Prokuratura boshqarmasi vakillari “Yosh qutqaruvchi” klubi a’zolari va jurnalistlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, Vatan himoyachilari kuni arafasida FVVning Buxoro viloyati xizmatchilari oilalariga tantanali ravishda kvartiralar topshirildi.

© MChS UzbekistanaBuxoro viloyati FV Boshqarmasi yangi binosi ochildi
Torjestvennoe otkritie novogo kompleksa zdaniy UChS Buxarskoy oblasti  - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro viloyati FV Boshqarmasi yangi binosi ochildi

 

Yangiliklar lentasi
0