Qo‘qonda Singapur bilan hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etiladi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishMineral o‘g‘it
Mineral o‘g‘it - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shma korxona "Qo‘qon superfosfat zavodi" AJ asosida barpo etiladi va zamonaviy texnologiya bo‘yicha mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradi

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Davlat raqobat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Singapurning "Indorama" kompaniyalar guruhi bilan "IndoramaKokandFertilizers" qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda "Novosti Uzbekistana" xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, xorij investorining yangi qo‘shma korxonadagi ulushi 75%ni tashkil qiladi. Kimyo sohasidagi mazkur qo‘shma korxona "Qo‘qon superfosfat zavodi" AJ asosida barpo etiladi va zamonaviy texnologiya bo‘yicha mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradi.

Loyihada mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalar joriy etish bilan birgalikda respublikada ishlab chiqarilmaydigan dikalsiyfosfat, kaliy sulfat va azotli kaliy kabi mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ham ko‘zda tutilgan. Umumiy investitsion qiymati 80 million dollardan ortiq bo‘lgan loyiha besh yil mobaynida amalga oshiriladi.

Singapurning Indorama kompaniyasi O‘zbekistonda ishlash borasida yetarlicha tajribaga ega. Kompaniya 2011-yilda Qo‘qon tekstil kombinatini sotib olgan va o‘tgan yillar davomida mazkur korxonaga 110 million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi.

2016 yilda kompaniya "Buxoroteks" korxonasi asosida kalava ip ishlab chiqaruvchi zamonaviy zavod barpo etishni mo‘ljallagandi.

INDORAMA GROUP 1976-yilda Singapurda tashkil etilgan bo‘lib, uning 18ta korxonasida 20 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0