Tojikistonni "kuchli mafiya davlati" deb atagan elchiga norozilik bildirildi

Obuna bo‘lish
Tojikiston tomoni mazkur bayonotni haqiqatga zid deb hisobladi

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Tojikiston tashqi ishlar vaziri Tojikistonni kuchli mafiya davlati deb atagan Afg‘onistonning Rossiyadagi elchisi Abdulqayum Kuchining bayonotiga keskin norozilik bildirdi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

"Tojikiston — bu aholisi besh millionlik, undan bir millionini ruslar tashkil etuvchi kichkina mamlakat. Bu mamlakatning madaniyati ruscha, rasmiy tili rus tili. Tojiklar o‘z ona tillarida yozish huquqiga ega emas, ular hatto o‘z yozuvlarini ham o‘zgartirishgan. Tojikistonda kuchli mafiya faoliyat ko‘rsatadi", — degan afg‘on elchisi.

Tojikiston tomoni mazkur bayonotni haqiqatga zid deb hisobladi.

"Afg‘oniston elchisi chaqirtirildi va unga Tojikiston Respublikasining norozilik notasi topshirildi", — dedi Tojikistonning Rossiyadagi elchisi Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.

Afg‘oniston elchisi aytgan so‘zlari Qobulning rasmiy bayonoti emas, balki shaxsiy fikri ekanligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0