YeI politsiyasi iPhone to‘pponcha ishlab chiqarilishidan tashvishlanmoqda

© AP Photo / Kathy WillensIPhonega o‘xshash to‘pponcha namoyishi
IPhonega o‘xshash to‘pponcha namoyishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu to‘pponchaning mobil telefondan hech qanday farqi yo‘q

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Yevroittifoq mamlakatlari politsiyachilari AQShda ko‘rinishi iPhone bilan bir xil to‘pponchalar Yevropa hududiga olib kirilishi mumkinligidan xavfsiramoqda, deb yozmoqda RIA Novosti Standard nashriga tayanib.

Huquq tartibot xodimlariga "telefon to‘pponcha"larning Yevropa davlatlariga noqonuniy olib kirilishini nazorat qilish topshirildi.

Ikki stvolli 9 mm kalibrli to‘pponcha AQShning Ideal Conceal kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda va narxi 400 dollarga yaqin.

"Hamma joyda smartfonlar bor, shuning uchun sizning yangi to‘pponchangiz bugungi kun muhiti bilan oson uyg‘unlashib ketadi",- deb ta’rif bergan kompaniya o‘z mahsulotiga.

"Bu to‘pponchaning mobil telefondan hech qanday farqi yo‘q", — deyiladi Derniere Heure gazetasida keltirilgan iqtibosda.

Amerikalik xaridorlar bu to‘pponchani yaqin haftalardan boshlab sotib olishlari mumkin, shu kungacha to‘pponchaga 12 mingta buyurtma olingan.

Yangiliklar lentasi
0