Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan qo‘shma korxonalar tashkil etmoqchi

© Posolstvo KR v UzbekistaneQirg‘iziston elchisi Toshkent hokimi bilan uchrashdi
Qirg‘iziston elchisi Toshkent hokimi bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston tomoni qo‘shma korxonalar tashkil etish, turli sohalar, xususan, turar-joy kommunal va transport sohalarida tajriba almashish bilan bog‘liq biznes-forumlar, davra suhbatlari o‘tkazish imkoniyatlari haqida taklif bildirdi

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Toshkent shahri hokimi Rahmonbek Usmonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashdi, deb xabar beradi Qirg‘iziston elchixonasi sayti.

Xabarda aytilishicha, tomonlar ikki mamlakat poytaxtlarining savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligi hamda ushbu hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama etdi.

Jumladan, Qirg‘iziston tomoni qo‘shma korxonalar tashkil etish, turli sohalar, xususan, turar-joy kommunal va transport sohalarida tajriba almashish bilan bog‘liq biznes-forumlar, davra suhbatlari o‘tkazish imkoniyatlari haqida taklif bildirdi.

© sayt KR v UzbekistaneQirg‘iziston elchisi Toshkent hokimi bilan uchrashdi
vstrecha posla KR v Uzbekistane D.Sidikova s xokimom g. Tashkenta R.Usmanovim - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston elchisi Toshkent hokimi bilan uchrashdi

Shuningdek, yaqin istiqbolda ikki davlat poytaxti madaniyat kunlarini o‘tkazishi muhokama qilindi.

O‘z navbatida Toshkent shahri hokimi R.Usmonov A. Ibraimovni Bishkek merligi lavozimiga tayinlagani bilan muborakbod etgan va yaqin vaqt ichida o‘z tabrigini yuzma-yuz ko‘rishuvda yana bir bor izhor etish niyatida ekanini aytdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar barcha yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Yangiliklar lentasi
0