Rossiyada xotinni do‘pposlashga ruxsat berildi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishEr va xotin
Er va xotin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat dumasi qabul qilgan yangi qonun, yaqin kishilarini kaltaklash uchun javobgarlikni jinoiy emas ma’muriy toifaga o‘tkazdi.

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Bugun Rossiya Davlat Dumasi yaqin qarindoshlarini kaltaklaganlar uchun jinoiy jazo belgilashni bekor qiladigan qonun qabul qildi.

Ushbu qonun qabul qilinishiga qarshi bo‘lganlar darhol davlat Dumasi binosi oldiga "Uradimi?— demak sevadi" (Byet — znachit lyubit!) kabi "qanotli iboralar" yozilgan plakatlar bilan miting o‘tkazishdi.

Albatta, ushbu qonun chiqqanidan keyin erkaklar xotin yoki bolalarini bemalol do‘pposlayverishi mumkin degani emas. Agar berilgan zarbalar natijasini jabrlanuvchi biroz bo‘lsada jiddiy jarohat olsa, bunday ish darrov jinoiy javobgarlik toifasiga o‘tadi.

Aslida, ushbu qonun qabul qilinishiga sabab, o‘tgan yili oila a’zolariga tushirilgan tarsakilar  uchun javobgarlik darajasi kuchaytirilib, bunday kaltaklashni — jinoiy jazo toifasiga o‘tkazgan edi. Shu bilan bir vaqtda, agar fuqaro ko‘chada notanish odamga yengil zarba bergan hollarda unga ma’muriy jazo berilar edi. Bir xil qilmishga turli jazo berish — qonunchilikda va jamiyatda ko‘plab tushunmovchiliklar keltirib chiqardi.

Yangi qonun esa ushbu tushunmovchilikni bartaraf qilib, oila a’zolariga berilgan yengil tarsakilarni yana ma’muriy jazo toifasiga qaytardi.

Aytmoqchi, bolalarni jazolash uchun ham jinoiy javobgarlik berilishi mumkin bo‘lgan, oldingi qonunga bir necha jamoat tashkilotlari qarshi chiqishgan edi. Masalan, "Umumrossiya ota-onalar qarshiligi tashkiloti" fikriga ko‘ra — ushbu qonun  bolalarni tarbiya qilishga xalal berishi va arzimagan ish uchun oilalar buzilishiga olib kelishini ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0