TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Rossiya fuqaroligini qabul qilishni xohlovchilar uchun imtihonlar boshlandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston nashriga Saxarovadagi Migratsiya markazi vakili.
Yuqorida tilga olingan sertifikat chet elliklar tomonidan Rossiyada vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirilayotgan vaqtda topshiriladi. Ushbu sertifikatni olganlar — o‘zlarining rusiyzabon xalq orasida tezda va hech qanday qiyinchiliklarsiz ko‘nikish hosil qilishlarini tasdiqlaydilar.
Hujjat rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligiga doir imtihondan o‘tgandan so‘ng beriladi.
Migratsiya markazi Bosh direktori Nikolay Fedoseyevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yangilik chet el fuqarolariga vaqtni tejashda juda qo‘l keladi. "Ular Markazimizda imtihon topshirishlari, sertifikatni qo‘lga kiritishlari va shu yerning o‘zidayoq vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi hujjat(vid na jitelstvo)ni rasmiylashirishlari mumkin", — deya ta’kidladi Fedoseyev.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya IIV BBning Moskva shahri bo‘yicha Migratsiya masalalari boshqarmasi xodimlari 2016-yilning noyabr oyidan boshlab Saxarovadagi Migratsiya markazida vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda Rossiya fuqaroligini qabul qilish istagida bo‘lgan chet elliklardan arizalarni qabul qilish bilan shug‘ullanishmoqda.