O‘ho‘! Yetti kunning eng muhim 7 xabari

© FacebookNilufar Mamasaidova va advokat Baxrom Ismoilov
Nilufar Mamasaidova va advokat Baxrom Ismoilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada o‘zbekistonliklarni qanday xabarlar hayratga soldi va bu xabarlarning jahon miqyosidagi ahamiyati qanday. Bugungi xabarlar to‘plamimizda: O‘zbekistonda iliq havo hukmronlik qilayotgan bir paytda Moskvadagi 30 darajali sovuq havo, o‘n to‘rt kun onasidan ayriliqda azoblangan go‘dak va farzandidan ayrilishiga sal qolgan Nilufar

 

1. Moskvada 120 yildan beri kuzatilmagan dahshatli sovuq bo‘ldi

Moskvada oxirgi 120-yil davomida olib borilgan meteorologik kuzatuvlariga ko‘ra, 6-7 yanvarda eng sovuq tun bo‘ldi. Moskva shahridagi VDNX bog‘i hududida qayd etilgan sovuq darajasi minus 29,9 ni tashkil qildi. Moskva viloyatida joylashgan Klin va Dmitrov shaharlarida havo harorati minus 33,4 gradusni tashkil qildi.

Ob-havoni kuzatish markazi aytishiga ko‘ra, 1881-yilning 6-yanvarida Moskvada sovuq darajasi —35 gradusni tashkil qilgan ekan.

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMoskvada g‘ayritabiiy sovuq havo
Anomalnie morozi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada g‘ayritabiiy sovuq havo

2.Moskvada o‘zbekistonlik ayolning bir yoshli qizini politsiya mahkamasi olib qo‘ydi

O‘tgan haftada Moskva shahrida o‘zbekistonlik ayolning bir yoshli qizi politsiya tomonidan olib qo‘yilgani haqidagi xabar deyarli barcha OAVning diqqat markazida bo‘ldi.

O‘zbekistonlik Nilufar Mamasaidova Kunsevo tumani IIBga hujjatlari o‘g‘irlangani yuzasidan murojaat qilib borganida IIB xodimlari uning farzandini bolaning ayolga tegishli ekaniga oid hujjatlar yo‘qligini ro‘kach qilishib, tortib olishdi va ayolning o‘zini uch kunga tergov izolyatoriga joylashtirishdi. Bola esa Moskvadagi 1-shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi. Uzoq va qat’iy harakatlardan so‘ng qizcha onasiga qaytarildi.

3.Islom Karimov xayriya fondi iqtidorli yoshlarni xorijga jo‘natadi

Islom Karimov xayriya jamoat fondi Yevropa va AQSh OTMlarida ta’lim olish uchun birinchi tanlovni e’lon qildi. Tanlovda O‘zbekiston va chet eldagi OTMlarni bakalavr darajasini muvaffaqiyatli bitirgan, xorijiy tillarni biladigan iqtidorli va iste’dodli yigit-qizlar ishtirok etishi mumkin. Islom Karimov Fondi grantlari yuqordagi mutaxassisliklar bo‘yicha Yevropa va AQSh OTMlarining magistratura bosqichida tahsil olish uchun taqdim etiladi. Chet elda ikki yilgacha bo‘lgan o‘qish va yashash xarajatlarini Fond to‘laligicha o‘z zimmasiga oladi.

© Press-slujba Prezidenta UzbekistanaIslom Karimov xayriya fondi iqtidorli yoshlarni xorijga jo‘natadi
Prezident respubliki Uzbekistan Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov xayriya fondi iqtidorli yoshlarni xorijga jo‘natadi

4.Sayyohlar uchun vizalarni bekor qilish 2021-yilgacha kechiktirildi

O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi 27 mamlakat sayyohlari uchun viza tartibini bekor qilish to‘g‘risidagi 2017-yil 1-apreldan kuchga kirishi lozim bo‘lgan prezident farmoni ijrosi 2021-yil 1-yanvarga qadar kechiktirildi.

Ilgariroq davlat rahbarining farmoniga muvofiq, 2017-yil 1-apreldan 15 davlat sayyohlari va 12 mamlakatning 55 yoshdan oshgan sayyohlari uchun viza tartibini bekor qilish rejalashtirilgan edi.

Hujjatda aytilishicha, keyinchalik ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan muayan davlatlar bilan viza tartibini soddalashtirish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasining ular bilan ikki tomonlama munosabatlarining rivojlanish darajasidan, jahon turizm bozorining konyunkturasi hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik sohasida sodir bo‘layotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqiladi.

CC BY-SA 2.0 / Fulvio Spada / Poi Kalon Ensemble, BukharaSayyohlar uchun vizalarni bekor qilish kechiktirildi
Ansambl Poi-Kalon. Gorod Buxara - Sputnik O‘zbekiston
Sayyohlar uchun vizalarni bekor qilish kechiktirildi

5.Mirziyoyev xorijdagi o‘zbek shifokorlarini qaytarishni talab qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yanvar oyining boshida Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi rahbariyati, markazlar rahbarlari hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma boshliqlari bilan uchrashuvida to‘liq malakali xizmat ko‘rsatilmagani sababli 40 mingdan ziyod o‘zbekistonlik fuqarolar tibbiy yordam uchun xorijga chiqishga majbur bo‘layotgani ta’kidladi.

"3 oy ichida 50 nafar xorijdagi O‘zbekiston shifokorlarini olib kelasiz va har bir davlat — Koreya, Hindiston, Rossiya bilan hamkorlikda Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijonda yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma klinikalar ochishni tashkillashtirasiz", — dedi O‘zbekiston prezidenti Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi rahbariga.

6. Quddusda ham terrorchi yuk avtomobilini odamlar ustiga haydadi

Isroilning Quddus shahrida terrorchi yuk avtomobilini piyoda sayr qilayotgan odamlar ustiga haydashi oqibatida to‘rt kishi qurbon bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi. Politsiya xodimlari terrorchiga qarata o‘t ochib uni yaralashdi.

Shunga o‘xshash teraktlar 2016-yilda Fransiyaning Nissa va Germaniyaning Berlin shahrida ham sodir bo‘lgan va ular oqibatida o‘nlab kishilar qurbon bo‘lgan edi.

© RIA Novosti / RIA Novosti Quddusda terrorchi yuk avtomobilini odamlar ustiga haydadi
Gruzovik nayexal na peshexodov v Iyerusalime - Sputnik O‘zbekiston
Quddusda terrorchi yuk avtomobilini odamlar ustiga haydadi

7.Peterburg metrosida o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

Peterburg metrosining "Aleksandr Nevskiy maydoni" stansiyasida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi relsga yiqilib olgan jarohati oqibatida halok bo‘ldi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, uni tanishi poyezd ostiga itarib yuborgan.

© Nuz.uzPeterburg metrosida o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi
Uzbekistanes upal na relsi v metro Peterburga i pogib - Sputnik O‘zbekiston
Peterburg metrosida o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

Yangiliklar lentasi
0